Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida
Gallery image 37632
Gallery image 37633
Gallery image 37634
Gallery image 37635
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
23 Apr 2025
11:59

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov o‘z saylov hududida aholining muammolarini o‘rganish, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda fuqarolarning hayot sifatini oshirish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda deputat mahalla yettiligi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Mahalla yettiligi — o‘z hududida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoya masalalarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Deputat ushbu yettilik a’zolari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib, joylardagi dolzarb masalalarni muhokama qilmoqda.

Bu kabi hamkorliklar mahalla hayotini yaxshilashga, aholining davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytirishga va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qilmoqda.