Barcha yangiliklar
Tumanda sportni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi
Gallery image 37363
Gallery image 37364
Gallery image 37365
Gallery image 37366
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
22 Apr 2025
11:47

Tumanda sportni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi

🔹Bugun, 22-aprel kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda tuman sport maktabi direktori O.Toshpulatovning tumanda ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar to‘g‘risida hisoboti tinglandi.

Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qaror qabul qilindi.