Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 37278
Gallery image 37279
Gallery image 37280
Gallery image 37281
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
21 Apr 2025
00:00

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalani dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur komissiya yig‘ilishida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari o‘rinbosari va sohadagi mas'ul mutaxassislarning hisoboti eshitildi. Komissiya yig‘ilishida kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirishdi.