Barcha yangiliklar
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN KO‘PRIK YANGILANDI.
Gallery image 37190
Gallery image 37191
Gallery image 37192
Gallery image 37193
Gallery image 37194
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
21 Apr 2025
14:50

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN KO‘PRIK YANGILANDI.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Meliboyev tashabbusi bilan Zarkent mahalla fuqarolar yig‘inining Qashqar mahallasida eski ko‘prik yangidan qurildi. 

Mahalla faollari va homiylarning ko‘magi bilan amalga oshirilgan ishlar natijasida ko‘prik to‘liq ta’mirlanib, aholining harakatlanishi uchun xavfsiz va qulay holatga keltirildi. 

Shuningdek, uzoq yillardan buyon foydalanib kelingan eski elektr simyo‘g‘och ham almashtirilib, mahalladagi elektr ta’minoti yaxshilandi. 

Bunday amaliy ishlar mahalla infratuzilmasini mustahkamlash, aholi sharoitini yanada yaxshilashga xizmat
qiladi.