Barcha yangiliklar
Sifatli tibbiy xizmat
Gallery image 37128
Gallery image 37129
Gallery image 37130
Gallery image 37131
Gallery image 37132
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
10 Apr 2025
11:58

Sifatli tibbiy xizmat

 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi 3-Bekobod saylov okrugidan saylangan deputat

Risqulova Gulchexra Anorqulovna 2025-yilning 10 aprelida Qo‘qoni mahallasida joylashgan

5-Oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat haqida o‘rganish o‘tkazdi.  

O‘rganish jarayonida oilaviy poliklinika 10 300 ga yaqin aholiga 9 ta shifokor (5 ta doimiy va 4 ta o‘rindosh), 43 ta hamshira tibbiy xizmat ko‘rsatishi aniqlandi.

Keyingi yillarda xizmat sifati yaxshilangan. Qo‘shimcha malakali ginekolog, xirurg, shifokor lobarantlar jalb qilingan.

Bino ta’mirlangan. EKG, UZD apparatlari mavjud. Tibbiyot xodimlarini qiynayotgan masala, ya’ni loboratoriya xonasida mikroskop,

sentrofuga, suxojarko (instrumentlarni zararsizlantirish jarayonidagi quritish shkafi) kabi
uskunalar eski, yaroqsiz holdaligi sababli bu muammolarni hal qilish zarurati mavjud. 

Tez tibbiy yordam bo‘limida sharoitlar yaxshi, 41 turdagi birlamchi tibbiy yordam dori-darmonlari yetarli.

Bir kunda 10-15 ta tez tibbiy chaqiruvga xizmat mashinalari shay holatda.