Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 3218
Gallery image 3219
Gallery image 3220
Gallery image 3221
Gallery image 3222
Gallery image 3223
Gallery image 3224
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
18 Sen 2023
11:15

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Sirdaryo viloyatidagi Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari kotibiyati xodimlari uchun o'quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Boyovut tumanida o'tkazilgan seminar avvalida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Abdushokir Abduraxmonov so'zga chiqib, jamiyatda konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta`minlash, mahalliy deputatlarning viloyat, tuman, shahar Kengashlarida faol bo'lib, hududni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishning muhim masalalarini hal etishi, saylovchilardan tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda ko‘rib chiqishi, ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri hal etish choralarini ko‘rishi kerakligini ta'kidlab o'tdi.  

Seminar davomida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatida sessiya qarorlari, doimiy komissiyalar hamda siyosiy partiya deputatlik guruhlariga tegishli meʼyoriy hujjatlarning yuritilishi, shuningdek, tashkilotlarga yuborilayotgan rasmiy xatlar hamda deputatlik so‘rovlari yuzasidan tuman va shahar Kengashi kotibiyati xodimlari o'rtasida fikr-mulohazalar almashildi.

Qizg‘in, jonli muloqot, amaliy taklif va tavsiyalarga boy bo‘lgan uchrashuv so‘nggida bu kabi p'quv-amaliy seminarlar muntazam ravishda, barcha hududlarda o'tkazilishiga kelishib olindi.