Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 36999
Gallery image 37000
Gallery image 37001
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
16 Apr 2025
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengash 1-Qo 'rg'ontepa 10-Xalqobobd okruglari deputatlari Z.Karimov B.Bo'tayevlar "Birlik" mahallasida yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

"Birlik" mahallasida yoshlar va ularning ota-onalari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalladagi yoshlar bilan yaqindan tanishish, ularning hayotiy muammolarini eshitish va yechim topishga qaratildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi. Ota-onalar esa o‘z farzandlari kelajagiga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tuman deputatlari har bir taklif va murojaatni e’tibor bilan tinglab, ular bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborish bo'yicha huquqiy tushuntirish berdi.