Barcha yangiliklar
QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI
Gallery image 36718
Gallery image 36719
Gallery image 36720
Gallery image 36721
Gallery image 36722
Gallery image 36723
Gallery image 36724
Gallery image 36725
Gallery image 36726
Gallery image 36727
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
18 Apr 2025
08:58

QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI

QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI

Navoiy viloyat markazidan 300 km uzoqlikda joylashgan olis Uchquduq tumanining o'ziga xos tabiati, iqlimi va o'z bag'rida turli hayvonot olamini olganligi bilan ajralib turadi. "Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda tumandagi barcha tashkilotlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi ijroga qaratilgan. Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari Karimova Laylo Mahmudovnava va Allanova Gulbahor Eskabulovna Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi Sh.Sharipova bilan hamkorlikda tumandagi Do'stlik mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 18-maktab bog'ida "QUSHLAR VA GULLAR" bayrami tasahkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, o'qituvchi va o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek tadbirda tumandan tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishib ma'naviy-ma'rifiy tadbirdan bahramand bo'lishdi. Tadbir davomida tabiatni asrash, qushlar va o‘simliklar olamini muhofaza qilish haqida fikrlar bildirildi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar va ijodiy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi. Tadbirda o'quvchi yoshlar tomonidan kuy, qo'shiq va raqslar ijro etildi. Faol ishtirok etganlar estalik sovg'alar bilan munosib taqdirlanishdi.