Barcha yangiliklar
Deputat axboroti
Gallery image 36626
Gallery image 36627
Gallery image 36628
Gallery image 36629
Gallery image 36630
Gallery image 36631
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
29 Mar 2025
14:48

Deputat axboroti

 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi 1-Achamayli saylov okrugidan saylangan deputat Egamberdiyev Inom Primqulovich tomonidan joriy
yilning 29-mart kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining
2025-yil 6-fevraldagi «Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi
deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va aniqlangan
muammolarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VII-7-17-10-135-K/25-son
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Achamayli mahallasida
saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida
amalga oshirilgan ishlari va aholi tomonidan qilingan murojaatlar bo‘yicha axborot berdi.
 

Shu bilan bir qatorda deputat mahalla hayoti bilan tanishdi.  

    Uchrashuv davomida, yurtimizda amalga oshirilayotgan va natija berayotgan
keng ko‘lamli islohotlar haqida aytib o‘tdi.
 

Shuningdek, mahalladagi zarur bo‘lgan kamchiliklarini hal qilish
va "mahalla yettiligi" bilan o'zaro hamkorligini yanada kuchaytirish,
hududdagi mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha ishtirok etgan tegishli davlat
organlari, tashkilotlari xodimlari va saylovchilarning fikrlari eshitildi hamda
muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan muhokama qilindi.