Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig'ilishi
Gallery image 36443
Gallery image 36444
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
06 Mar 2025
11:37

Doimiy komissiya yig'ilishi

Kuni kecha Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 9-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni dastlabki tarzda muhokama qilish maqsadida tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig'ilishda Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Xolmurzayev, tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari D.O‘rinboyev va doimiy komissiya a'zolari qatnashdilar.

Kun tartibidagi masala:

- Tuman mahalliy budjetiga Toshkent viloyat mahallaiy budjetidan olingan ssuda mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.Ushbu masala yuzasidan doimiy komissiyaning qarorlari qabul qilindi.