Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 36242
Gallery image 36243
Gallery image 36244
Gallery image 36245
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
16 Apr 2025
16:37

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Uchrashuv davomida deputatlar 2025-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda dolzarb vazifalar haqida saylovchilarga batafsil axborot berdi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, aholining taklif va murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida ielektr ta'minotidagi muammolar, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik va yoshlar bilan ishlash kabi yo‘nalishlar alohida e’tiborga olindi.

Deputatlar har bir murojaat yuzasidan alohida qaydlar olib, masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqish va hal etish bo‘yicha takliflar bildirishdi.

Uchrashuv saylovchilar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.