Barcha yangiliklar
Partiyaning hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi
Gallery image 36368
Gallery image 36369
Gallery image 36370
Gallery image 36371
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
16 Apr 2025
12:19

Partiyaning hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘z safiga 200 nafardan oshiq liberallarni jam qilgan va partiya tuzilgan dastlabki yillardan beri faoliyat olib borayotgan “Jizzax akkumulyator zavodi” AJda tashkil etilgan quyi bo‘g‘in nafaqat son, balki to‘plangan siyosiy tajriba jihatdan ham viloyatdagi ko‘zga ko‘ringan Boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Mazkur quyi bo‘g‘inda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M.Adilova va X.Hamdamovalar ishtirok etishdi. Dastlab tayanch bo‘g‘in yetakchisi G‘.To‘rayevning hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ishlar sarhisobi tinglandi. Quyi bo‘g‘in aʼzolari o‘z yetakchilari hisobotini qoniqarli, deb topdilar va bir ovozdan uni yana qayta raislikka sayladilar.