Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi
Gallery image 36034
Gallery image 36035
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
15 Apr 2025
00:00

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi

Ekologiya bilimlar kuni munosabati bilan tadbir!

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari Nurmanova Moxichehra va Dehqonova Fotimalar tashabbusi bilan ushbu muhim sana munosabati bilan yoshlar ishtirokida mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik tarbiya va tabiatga e’tibor masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar ekologik bilimlarini mustahkamlab, tabiatni asrash har birimizning burchimiz ekanligini yana bir bor chuqur anglab yetishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida yoshlar kitob o‘qishga jalb qilindi, ularga ekologiya va tabiatga oid badiiy hamda ilmiy adabiyotlar tavsiya etildi.

Ekologik ong – barqaror kelajak garovi!