Barcha yangiliklar
"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda deputatlik faoliyati jarayonlari olib borilmoqda
Gallery image 35930
Gallery image 35931
RAJABOVA GULSHODA SULTONMUROD QIZI
10 Apr 2025
16:25

"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda deputatlik faoliyati jarayonlari olib borilmoqda

        Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F.Raxmatov mahalla yettiligi bilan hamkorlikda suhbat o'tkazdi. Mahallada faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim bilan ijtimoiy nafaqalar berish, yoshlar yetakchisi bilan yoshlar muammolari muhokama qilindi. Mahalla raisi bilan Qunduzak qishlog'iga toza ichimlik suvi tarmog'i tortish masalasida suxbatlashilib ushbu masalada 11-aprel kuni O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiatsiyasi ishchi guruhining mahalla fuqarolari takliflarini ko'rib chiqish uchun o'rganish o'tkazishga taklif etildi. Ishchi guruh o'rganish jarayonida ushbu toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasida tarmoq tortish masalasi ijobiy baholansa, tarmoq tortish xarajatlari qoplab beriladi.