Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi Doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 35838
Gallery image 35839
Gallery image 35840
Gallery image 35841
Gallery image 35842
RAJABOVA GULSHODA SULTONMUROD QIZI
10 Apr 2025
12:48

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi Doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    Unda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 9-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.

   Jumladan,  “O‘zbekiston–2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari–oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Kambaridinova Noila Mexrojovnaning hisoboti to‘g‘risida, “Toyloq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risidagi hisoboti,  va kun tartibidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

    Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.