Barcha yangiliklar
KONIMEX TUMANI  KENGASHI RAISI RUSLAN RO'ZIYEVNING MADANIYAT VA SAN'AT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Gallery image 35766
ACHILOV UMIRZAK URAZBAYEVICH
15 Apr 2025
11:19

KONIMEX TUMANI KENGASHI RAISI RUSLAN RO'ZIYEVNING MADANIYAT VA SAN'AT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Hurmatli Madaniyat va san’at xodimlari, soha fidoyilari!

Sizlarni 15-aprel -  Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

"Inson qalbining muhandislari" bo‘lmish san'at ahli, ijodkorlarga xalqimiz juda katta hurmat va ishonch bilan qaraydi. Zero, madaniyat va san’at ahli odamlarni insoniylik, ezgulikka chorlab, ular qalbida oliyjanob fazilatlar, go‘zal his-tuyg‘ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Sizlarga uzoq va barokatli umr, oilaviy xotirjamlik va baxtli turmush, kelgusi faoliyatlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!