Barcha yangiliklar
“Deputatlik guruhi monitoring” o‘tkazdi
Gallery image 35639
Gallery image 35640
Gallery image 35641
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
04 Apr 2025
00:00

“Deputatlik guruhi monitoring” o‘tkazdi

 Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik
darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ–257-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Viloyatning barcha shahar, tumanlarida
O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhlari tomonidan “Deputatlik
guruhi monitoring” o‘tkazilib kelinmoqda.
 

  

Bugun Sariosiyo tumani Ekologik partiya tashkiloti raisi T. Mamadaminov
hamda ushbu partiyadan saylangan deputat N. Chorshanbiyeva bilan bigalikdal
Sariosiyo tumanidagi “Sariosiyo suv ta’minoti” AJga oqova suv tozalash
inshootida oqova suvlarni tozalash inshootlarining ishlash mexanizmlari
organildi.
 

  

Oqova suvlarni tozalash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar,
aniqlangan kamchilliklar haqida fikrlar yuritilib, masullarga tavsiyalar
berildi. Ushbu kamchilliklar yuzasidan kelgusida hamkorlikda qilinadigan ishlar
belgilab olindi.