Barcha yangiliklar













SHOPATIXOV UMIDJON FAYZULLO O‘G‘LI
12 Apr 2025
12:34
Toshkent tibbiyot akademiyasida “SPORT–SOG‘LOM XALQ, SOG‘LOM AVLODNING TAYANCH USTUNI” shiori ostida an’anaviy “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali bo‘lib o‘tdi.
Sport festivalida Yosh ekologlar klubi vakillari, Ekomed klubi a’zolari, talaba yoshlar, hodimlar o‘rtasida estafetali yugurish, stol tennisi, arqon tortish kabi qiziqarli sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida musobaqalar g‘oliblari esdalik sovg‘alari, sertifikatlar va mukofotlar bilan taqdirlandilar.