Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Gallery image 35388
Gallery image 35389
Gallery image 35390
Gallery image 35391
Gallery image 35392
Gallery image 35393
Gallery image 35394
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
11 Apr 2025
15:10

CHINOZ TUMANI. DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

✅Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Isoqov Olimjon Ilxomjonovich tomonidan “Yallama” va “Ochamayli” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Unda mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla raisi rahbarligidagi “mahalla yettiligi” a’zolari hamda saylovchilar ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining 2025-yilning 1-choragi davomidagi deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida saylovchilar mahalladagi muammolar yuzasidan o‘zlarining murojaatlari, taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

✅Jumladan: "Ochamayli" mahallasining Bog’ ko’chasiga yangi elektr ustunlarini o’rnatish, aholiga ichimlik suvi yetkazuvchi Suv inshootini ishga tushirish, chiqindilarni olib ketuvchi avtotransport vositalari qatnovidagi muammolar, qarovsiz qolgan va daydi itlarni tutish masalasi, shuningdek, mahalla hududidagi qabriston binosini ta’mirlash va shu kabi boshqa murojaatlar kelib tushdi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Isoqov