Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 35225
Gallery image 35226
Gallery image 35227
Gallery image 35228
Gallery image 35229
Gallery image 35230
Gallery image 35231
Gallery image 35232
Gallery image 35233
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
10 Apr 2025
18:51

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida hududlardan saylangan Oliy Majlis senati a’zolari, deputatlar, sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar boshliqlari ishtirokida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatining 2025-yil 17-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgап vazifalar to‘g‘risida”gi SQ-89-v-sonli qarori asosida "Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy Kengashning navbatdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish to‘g‘risida"gi viloyat prokurori B.Babadjanov va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Ismailovlarning axboroti eshitildi. 

Sessiya ishida jami 21 ta masala deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi. 1 ta masala navbatdagi sessiyaga qoldirildi, 20 tasi bir ovozdan ma'qullandi.

Sessiya ishi "Surxondaryo" televideniyesi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.