Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
Gallery image 35207
Gallery image 35208
Gallery image 35209
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
10 Apr 2025
17:45

CHINOZ TUMANI. DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV

⚡️Chinoz tumani Kengashi deputati Davron Teshaboyev o'z saylovchilari bilan Yollama qishlog'i Chinmasjid mahallasida joylashgan 18-sonli umumta'lim maktabi majlislar zalida uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda deputat fuqarolarning murojaatlarini tinglab, mahalladegi mavjud muammolarni muhokama qilishdi. Deputat joriy yil davomida amalga oshirgan faoliyatlari to‘g‘risida axborot berdi.

⚡️ Deputat, mahallalardagi muammolarni hal etish borasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlar bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, mahalla bilan yaqindan hamkorlik qilishlari zarurligini ta'kidladi.

⚡️Bu kabi uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasida bevosita muloqot va hamkorlikni mustahkamlashga, hamda mahallalardagi dolzarb muammolarni samarali hal etishga katta yordam beradi.