Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT ELYORJON SAIDOV SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
Gallery image 35188
Gallery image 35189
Gallery image 35190
Gallery image 35191
Gallery image 35192
Gallery image 35193
Gallery image 35194
Gallery image 35195
Gallery image 35196
Gallery image 35197
Gallery image 35198
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
09 Apr 2025
17:30

CHINOZ TUMANI. DEPUTAT ELYORJON SAIDOV SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.

Uchrashuvda deputat Elyorjon Saidov 2025-yilning 1-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berib o‘tdi.

✅ Deputat Elyorjon Saidov tomonidan uchrashuvda ishtirok etayotgan fuqarolarga davlatimiz tomonidan inson manfaati va xalqimiz farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati Qarorlari va hujjatlarining mazmun-mohiyati va maqsad, vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi.

✅ Uchrashuv davomida saylovchilar mahalladagi muammolar yuzasidan o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

✅ Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Ibragimova, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari A.Baxramov, M.Mirsodiqov, O‘zLiDeP tuman Kengashi apparati rahbari F.Tojiqulov tuman hokimligi bosh mutaxassisi D.G‘ulomov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarlar yig‘inlari raislari va a’zolari ishtirok etib, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar hamda o‘tkazilgan uchrashuv bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

✅ Tadbirda ko‘tarilgan barcha masalalarning yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda tegishli mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash belgilab olindi.