Barcha yangiliklar
Deputatlar hududda o‘rganish olib bormoqda.
Gallery image 35120
Gallery image 35121
Gallery image 35122
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
18 Mar 2025
13:58

Deputatlar hududda o‘rganish olib bormoqda.

📌 Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati R.Shamsiyev va Toshkent tuman Kengashi deputati G.Mirzaraximovalar Toshkent tumani hududida o‘rganish olib borishdi.

🔺Dastlab, 29-umumiy o‘rta maktabi holati o‘rganildi. Natijada ta’mirtalab holatlar, sport zalining yo‘qligi, kutubxona va bufetning mavjud emasligi aniqlandi. Masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga xat yuborilishi rejalashtirildi.

🔺 Keyingi manzil 28-umumta’lim maktabi bo‘ldi. Maktabda yoritish tizimi muammosini bartaraf etish uchun elektr ta’minoti xodimlari jalb etildi.

🔺 Sarke MFY fuqarolari suv muammosi bo‘yicha murojaat qilishdi. Bu masala bo‘yicha ma’sul tashkilotlarga xat yuboriladi.

🔺 Kam ta’minlangan oila tomonidan ichimlik suvi trubalarini almashtirish bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi. ✅