Barcha yangiliklar
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
Gallery image 35091
Gallery image 35092
Gallery image 35093
Gallery image 35094
Gallery image 35095
Gallery image 35096
Gallery image 35097
Gallery image 35098
Gallery image 35099
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
21 Fev 2025
13:02

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Unda deputatlar, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari qatnashdi.


Dastlab, Kengash a’zolari tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi. Bunda O‘zbekiston mahallalar uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i F. Xudoyberdiyevning axboroti tinglandi. Unga ko‘ra, joylarda saylov jarayonlari joriy yilning may oyidan bosqichma-bosqich o‘tkazilishi belgilangan. Toshkent viloyati bo‘yicha 1025 ta mahallaga rais saylanishi ko‘zda tutilgan.


Sessiyada saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Bundan tashqari, mazkur jarayonlarni samarali o‘tkazish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.


Shuningdek, kun tartibiga asosan ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududda sportni rivojlantirish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, viloyat hududida 2024-yil atrof-muhitni muhofaza qilishning amaldagi holati bo‘yicha axboroti ham tinglandi.


Sessiyada barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.