Barcha yangiliklar
Viloyat deputati 57-maktabda mahalla aholisi bilan uchrashdi
Gallery image 35084
Gallery image 35085
Gallery image 35086
Gallery image 35087
Gallery image 35088
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
19 Fev 2025
13:00

Viloyat deputati 57-maktabda mahalla aholisi bilan uchrashdi

Parkent tumani 57-maktabda o‘tkazilgan uchrashuvda Toshkent viloyati deputati Muxsiddin Nizomiddinov mahalla aholisi, o‘qituvchilar va ota-onalar bilan muloqot olib bordi. Unda maktab ta’limi, ota-ona va mahalla hamkorligi, 2025-yil davlat dasturi, tashabbusli budjet loyihasi hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Muloqotda, ta’lim sifati va rivoji – maktab infratuzilmasini yaxshilash, o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim berish bo‘yicha rejalar, 2025-yilgi tashabbusli budjet loyihasi, maktab va mahallaga ajratiladigan mablag‘lar va fuqarolarning ishtiroki, Qonunchilikdagi yangiliklar va o'quvchilarning ta’lim va tarbiyasida oilaning ishtiroki haqida suhbat olib borildi hamda yangiliklar aytib o'tildi. Uchrashuv yakunida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini va takliflarni berishdi.

https://t.me/TV_Kengash