Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280904
Gallery image 280905
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Noy 2026
15:10

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#deputat_vazifalaridan
📰 “BOLALAR XAVFSIZLIGIGA BEFARQ BO‘LMAYLIK”


📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-“Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N. Saidovaning “Bolalar xavfsizligiga befarq bo‘lmaylik” nomli maqolasi e’lon qilindi.

📖 Maqolada bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom hamda xavfsiz muhitda voyaga yetishi uchun mas’uliyatni oshirish kabi dolzarb masalalar yoritilgan.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olishda oila, ta’lim muassasalari, mahalla va keng jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlangan.

🌱 Muallif bolalarning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy hamda ijodiy kamolotiga e’tibor qaratish har birimizning insoniy burchimiz ekanini qayd etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube