Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280900
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Noy 2026
14:59

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_rejasi
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
🏛 MAHALLA NURONIYLARI BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Kengashning 5-sonli “Guliston–Galaguzar” saylov okrugidan saylangan deputat O.Umarovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida mahalla nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida mahalla nuroniylari bilan samimiy muloqot qilinib, hududda mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda mahalla hayotini yanada yaxshilash yuzasidan bildirilgan takliflar tinglandi va o‘rganildi.

📑 Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur masalalarning mazmun-mohiyati, ularning mahalla obodligi, hudud rivoji va aholi farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati muhokama qilindi.

🤝 Muloqot davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Xalq bilan muloqot — mavjud muammolarni aniqlash, takliflarni o‘rganish va mahalla ravnaqi yo‘lida muhim qadam!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube