Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280882
Gallery image 280883
Gallery image 280884
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Noy 2026
14:32

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Haftalik_ish_rejasi
#Deputatlik_nazorati
🌱 TOMORQADAN UNУMLI FOYDALANISH — DAROMAD MANBAI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “Qorabog‘” mahallasida tomorqa yeridan unumli foydalanib, ko‘kat yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fuqaro D.Yo‘ldoshova bilan suhbat o‘tkazildi.

💬 Suhbat davomida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ko‘kat mahsulotlarini yetishtirish, hosildorlikni oshirish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni ichki bozorga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🥬 Shuningdek, xonadon tomorqasida yo‘lga qo‘yilgan dehqonchilik faoliyati, oilaviy daromadni oshirish va aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlar muhokama qilindi.

🌿 Tomorqadan unumli foydalanish — oilaviy farovonlik, bandlik va qo‘shimcha daromad manbayidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube