



DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA O‘Z FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 13-Ko‘tаrma saylov okrugidan saylangan deputat Farxod Ibragimov 2026-yilning III choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilari oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
🤝 Uchrashuvda tuman hokimligi bosh mutaxassisi Sh. Yusupova, tuman “O‘zXDP” partiyasi vakili, “Mahalla yettiligi” a’zolari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori hamda Islomobod mahallasi fuqarolari ishtirok etdi.
📊 Axborot davomida deputat quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi:
🔹 Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va hududiy dasturlar ijrosi;
🔹 Kengash sessiyalarida mansabdor shaxslarning hisobot va axborotlarini eshitish;
🔹 Deputatlik so‘rovlari orqali ko‘tarilgan masalalar va ularning yechimi;
🔹 Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish hamda ijobiy hal etish choralari;
🔹 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 “Og‘ir toifadagi mahallalar” hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar”da olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari.
⚖️ Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunlar, Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati hamda “Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim” tamoyilining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
✍️ Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi hamda nazoratga olindi.