Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280874
Gallery image 280875
Gallery image 280876
Gallery image 280877
Gallery image 280878
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Noy 2026
14:18

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_rejasi
19¹-modda
🏛 MAKTABDA DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S.Abdulaxatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 2-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati olib borildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-22-48-8-119-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 2026-yil 1-mavsum «Ochiq budjet» portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan tashabbus doirasidagi ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🏗 Mazkur loyiha «Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan 1 milliard 648 million so‘m miqdorida moliyalashtirilishi belgilangan bo‘lib, uning doirasida maktab hududida sport majmuasi barpo etish rejalashtirilgan.

⚽️ Loyiha doirasida:
Sun’iy chim qoplamali futbol maydoni;
Basketbol va voleybol maydonlari;
Rezina qoplamali yugurish yo‘lakchasi;
O‘quvchilar uchun yuvinish va kiyinish xonalari qurish hamda hududni obodonlashtirish ishlari ko‘zda tutilgan.

🔍 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube