

#Yoshlar_bilan_uchrashuv #Yoshlar_maslahat_guruhi #Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi
#Yoshlar_bilan_uchrashuv
#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Abdisalom Qo‘zimurodov tashabbusi bilan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, qiziqish va salohiyatidan kelib chiqib, kelajakda munosib kasb egallashlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning kelgusidagi reja va maqsadlari, taklif hamda fikr-mulohazalari tinglandi. Ular tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan fikr almashilib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasida zarur tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘rganish hamda kelajakdagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.