Barcha yangiliklar
#Haftalok_ish_reja_ijrosi #Madad_NNT_hamkorlik #biriktirilgan_tashkilot #162_ta_qonun
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
31 Okt 2026
13:51

#Haftalok_ish_reja_ijrosi #Madad_NNT_hamkorlik #biriktirilgan_tashkilot #162_ta_qonun


#Haftalok_ish_reja_ijrosi
#Madad_NNT_hamkorlik
#biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_qonun

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakillari hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va ularning ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son)ning mazmun-mohiyati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishning belgilangan tartibi hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy hal etishning ahamiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi Kengash kotibiyati bosh mutaxassisl M.Choriyeva shuningdek, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi U.Boboyorov ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hozirgacha 28 tashkil etib, mazmuni va dolzarbligi tahlil qilinib, mavjud muammolarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash bo'yicha vazifalar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash va ularning ijrosini nazoratga olish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.