





Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_rejasi
19¹-modda
💧 SUV TA’MINOTI INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH ISHLARI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Hakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-386-sonli «Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🚜 Jumladan, Qulluqsho mahallasidan Oqtepa mahallasiga boruvchi R-16-sonli kanalda beton suv o‘tkazgich lotoklarini o‘rnatish hamda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.
🌱 O‘rganish davomida mazkur infratuzilma obyektining holati, suv o‘tkazish imkoniyatlari va suvni iste’molchilarga yetkazib berish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube