

#Sessiya_oldi_o‘rganish #Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Sessiya_oldi_o‘rganish
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi tomonidan o‘z saylov okrugida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Angor tumanida 2026-yilning 3-choragi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
Xususan, saylov okrugi hududidagi fuqarolar va savdo shoxobchalari mas’ullari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, kuzatuv kameralarining mavjudligi,hamda APK qurilmalari o'rnatilib, ulardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida olib borilgan mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.