Barcha yangiliklar
#Partiya_tashabbusi  O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining 35 yilligi munosabati bilan partiyadan saylangan viloyat Kengashi deputatlari taqdirlandi
Gallery image 280863
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
30 Okt 2026
13:46

#Partiya_tashabbusi O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining 35 yilligi munosabati bilan partiyadan saylangan viloyat Kengashi deputatlari taqdirlandi

#Partiya_tashabbusi

O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining 35 yilligi munosabati bilan partiyadan saylangan viloyat Kengashi deputatlari taqdirlandi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashida partiya tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, viloyat Kengashi deputatlari, tuman va shahar partiya Kengashlari raislari, partiya faxriylari hamda faollar ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda partiyaning 35 yillik faoliyati, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, aholini ijtimoiy himoya qilish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash yo‘lidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

Quvonarlisi, partiya rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faollar qatorida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar Sadatov Mustafo ham “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari hamda Kengash Kotibiyati jamoasi taqdirlangan deputatlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi.

Ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va xalqimiz manfaatlari yo‘lida olib borayotgan ishlarida yangi zafarlar tilaymiz!