

#Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi #162_qonun #24_tavsiya #15_band
#Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi
#162_qonun
#24_tavsiya #15_band
POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi A. Qoʻzimuratov hamda Kengash kotibiyati mudiri M. Yarmatov hamkorligida Karvon mahallasida joylashgan 2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek, bemorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.