

#Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi #Hudud_obodonchiligi #24_tavsiya #15_band
#Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi #Hudud_obodonchiligi
#24_tavsiya #15_band
Karvon mahallasida
obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi A.Qo'zimurodov tomonidan haftalik ish rejasiga muvofiq, Karvon mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish borasidagi amaliy ishlar o‘rganildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida mahallaning ichki yo‘llarini asfaltlash ishlari amalga oshirildi.Shuningdek, piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish va hududni obodonlashtirish orqali aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda mahalla qiyofasini “Yangi O‘zbekiston” talablariga mos ravishda yangilash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Yaratilayotgan qulayliklar aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolarning kundalik hayotini yengillashtirish va mahalla obodligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan fuqarolar mamnunligi ham ushbu sa’y-harakatlarning muhim natijasidir.
Obod mahalla — farovon hayot va aholi roziligining muhim mezonidir!