

#24_tavsiya #11_band #Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi #Nogironligi_bolgan_shaxs
#24_tavsiya #11_band
#Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi
#Nogironligi_bolgan_shaxs
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurodov Abdusalom Javliyevich tashabbusi bilan tumandagi 20-sonli umumta’lim maktabida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabning isitish tizimlari, sovuq kunlarda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish holati, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
Asosiy maqsad — ta’lim muassasasida mavjud sharoitlarni baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda barcha o‘quvchilar, jumladan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslar uchun ham teng va qulay imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashishdan iborat.