

#24_tavsiya #3_band #Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi #162_qonun _ijrosi
#24_tavsiya #3_band
#Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_rejasi_ijrosi
#162_qonun _ijrosi
Maktabda sport inshootlari va sport anjomlarining holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurodov Abdusalom Javliyevich tashabbusi bilan tumandagi 20-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida 24-tavsiya doirasida 3-bandda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan maktabdagi sport inshootlari, sport anjomlarining mavjudligi, ularning holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ta’lim sohasidagi asosiy vazifalar, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur o‘rganish va davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, sport infratuzilmasini yaxshilash hamda o‘quvchilarning jismoniy faolligi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.