





Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Yoshlar_maslahat_guruhi
#24_ta_masala
🏛 MAKTAB O‘QUVCHI QIZLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “Qorabog‘” mahallasi hududidagi 35-sonli umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchi qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
💬 Yig‘ilish davomida erta turmushni oldini olish, kiyinish odobi, yosh avlod tarbiyasi, qizlarning ta’lim olishi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelajakda munosib kasb-hunar egallashi hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🌸 Shuningdek, o‘quvchi qizlarni bilim olishga intilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yish va ularga erishish yo‘lida izchil harakat qilishga undash masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube