Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280845
Gallery image 280846
Gallery image 280847
Gallery image 280848
Gallery image 280849
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Noy 2026
13:10

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_rejasi
DEPUTATLAR ANOR BOG‘IDAGI YIG‘IM-TERIM JARAYONI BILAN TANISHDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Hakimova hamda Sherobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminova “Guliston” mahallasi hududida joylashgan tuman Kengashi deputati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchisi O.Umarovning anor bog‘iga tashrif buyurishdi.

🌳 Tashrif davomida bog‘da qizg‘in davom etayotgan anor yig‘im-terimi jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, hosilni yig‘ib olish, saralash hamda sifatli mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar kuzatildi.

💬 Shuningdek, bog‘dagi mavjud imkoniyatlar, yetishtirilayotgan mahsulotlar va anorchilikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🍃 Qishloq xo‘jaligi sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda dehqon hamda fermerlarning fidokorona mehnati alohida ahamiyatga ega.

🌱 Anorchilikni rivojlantirish, mavjud bog‘lardan unumli foydalanish va yetishtirilgan hosilni nobud qilmasdan o‘z vaqtida yig‘ib olish qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish hamda ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube