Barcha yangiliklar
MAKTABGAÇA TA’LIM MUASSASASI FAOLIYATI ÖRGANILDI
Gallery image 280833
Gallery image 280834
Gallery image 280831
Gallery image 280832
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
02 Noy 2026
12:59

MAKTABGAÇA TA’LIM MUASSASASI FAOLIYATI ÖRGANILDI

Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşining 21-Xirmontepa saylov okrugi deputati Mavlonov Azam Qarşiyeviç tomonidan Xirmontepa mahallasida joylaşgan “Ğunça” maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyati örganildi.

Örganiş davomida muassasada yaratilgan şart-şaroitlar, tarbiyalanuvçilar uçun taşkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni, mavjud moddiy-texnik baza hamda binoning sanitariya-gigiyena holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, muassasa faoliyati davomida mavjud bölgan muammo va kamçiliklar, ularni bartaraf etiş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almaşildi.

Deputat tomonidan örganiş natijalari asosida tegişli masalalarni hal etiş va maktabgaça ta’lim muassasasida bolalar uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş böyiça taklif va tavsiyalar bildirildi.