



SUTBULOQ MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov tomonidan jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilgan Sutbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan manzilli ishlash hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, mahallada jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
❇️ O‘rganish yakunida Sutbuloq mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.