Barcha yangiliklar
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 280823
Gallery image 280824
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
30 Okt 2026
12:51

BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛
🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov tomonidan biriktirilgan tashkilot — Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🚨 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aholi hayoti va mol-mulkini turli xavf-xatarlardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, aholi o‘rtasida profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, fuqarolarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga tezkor munosabat bildirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, o‘rganish jarayonida mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

❇️ Deputatlik nazorati doirasida tashkilot faoliyatini muntazam o‘rganib borish, mavjud masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikni davom ettirish belgilab olindi.