Barcha yangiliklar
YOSHLAR MARKAZI BINOSINING QURILISH JARAYONI DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 280817
Gallery image 280818
Gallery image 280819
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
29 Okt 2026
12:48

YOSHLAR MARKAZI BINOSINING QURILISH JARAYONI DEPUTAT NAZORATIDA



🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M. Mirsodiqov tomonidan Chinoz tumanidagi “Yoshlar markazi” binosida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan ishlar ijrosi hamda obyektning sifatli va belgilangan talablar asosida barpo etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida qurilish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ishlarning sifatli bajarilishi va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

🎯 Asosiy maqsad — yoshlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan maskanning sifatli barpo etilishini ta’minlash.

🔎 Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.