Barcha yangiliklar
Chinoz tumani Soliq inspeksiyasi faoliyati sessiya oldidan o‘rganildi
Gallery image 280811
Gallery image 280812
Gallery image 280813
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
28 Okt 2026
12:45

Chinoz tumani Soliq inspeksiyasi faoliyati sessiya oldidan o‘rganildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Chinoz tumani Soliq inspeksiyasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Chinoz tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2026-yilning III choragi yakunlari bo‘yicha tuman mahalliy budjeti daromadlarining bajarilish holati, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va mavjud rezervlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan mablag‘lar, mavjud soliq qarzdorligi va uni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mahalliy budjet daromadlari barqarorligini ta’minlash, soliq tushumlarini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, soliq qarzdorligini kamaytirish hamda budjetga tushumlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash masalalarini atroflicha tahlil qilishga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida masalani xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotlar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.