




OYDIN MAHALLASIDA “AYOLLAR DAFTARI” BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat O. Dadajonovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Oydin mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoya, tibbiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish ishlari tahlil qilindi.
📊 “Ayollar daftari”dagi 95 nafar xotin-qizning holati:
- 🔹 46 nafari — ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj;
- 🔹 3 nafari — tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida;
- 🔹 2 nafari — uy-joyini ta’mirlashga muhtoj;
- 🔹 25 nafari — tibbiy va psixologik yordamga muhtoj;
- 🔹 19 nafari — huquqiy yordamga muhtoj.
✅ O‘rganish jarayonida 3 nafar xotin-qizga kredit ajratilgani, 2 nafar ayolga qurilish materiallari bilan yordam ko‘rsatilgani, 20 nafariga tibbiy va psixologik, 19 nafariga esa huquqiy ko‘mak berilgani ma’lum bo‘ldi.
📌 Xotin-qizlar muammolarini manzilli hal etish, ishsiz ayollar bandligini ta’minlash va ko‘rsatilayotgan yordamlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✍️ Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.