
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRIş VA BANDLIKNI TA’MINLAŞ
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRIş VA BANDLIKNI TA’MINLAŞ
Xalq deputatlari Qöşköpir tumani Kengaşi deputati Mehribon Tillayeva tomonidan “Adolat” mahalla fuqarolar yiğinida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxşilaş, bandligini ta’minlaş hamda manzilli ijtimoiy himoya çora-tadbirlarining ijrosini örganişga qaratilgan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri ötkazildi.
Örganiş davomida deputat mahalladagi hokim yordamçisi hamda ijtimoiy xodim faoliyatining samaradorligiga, davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlarning mahalla darajasida qay darajada amalga oşirilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
Mahalladagi hokim yordamçisi Dilmurod Qadamboyev taqdim etgan tahliliy ma’lumotlarga köra, joriy yil boşida hududda işsizlar soni 115 nafarni taşkil etgan. Tizimli va manzilli olib borilgan çora-tadbirlar natijasida bugungi kunga kelib ularning 40 nafari bandligi ta’minlandi.