Barcha yangiliklar





ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
28 Okt 2026
12:42
Chinmasjid mahallasida aholi bandligi va ijtimoiy holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati D. Teshaboyev tomonidan Chinmasjid mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilmagan ishsiz fuqarolar hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan shaxslarning oila a’zolari yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔹 O‘rganish davomida oilalarning ijtimoiy holati, bandlik masalalari hamda mavjud muammolariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalar ko‘rib chiqildi.
📌 Mazkur o‘rganish ishlari aholi muammolarini aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish hamda fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.