Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani   MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Gallery image 280791
Gallery image 280792
Gallery image 280793
Gallery image 280794
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
02 Noy 2026
12:38

#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI



📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 11-Yollama saylov okrugidan saylangan deputat Isoqov Olimjon Ilxomjonovichga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Yollama mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xotin-qizlar faoli Sultonova Dilnavozning faoliyati o‘rganildi.

✍️ O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda turli ehtiyojlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👩‍🦰 “Ayollar daftari”ga jami 134 nafar xotin-qiz kiritilgan.

📊 Toifalar kesimida:
🔹 1-toifa — 65 nafar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar.
Ushbu toifaga bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.
💼 2-toifa — 2 nafar
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar.
Mazkur toifadagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga kredit mablag‘lari ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashilgan.
🏠 3-toifa — 7 nafar
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar.
Jumladan, uy-joyi ta’mirga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
🩺 4-toifa — 30 nafar
Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar.
Ularning sog‘lig‘i, ruhiy holati va ijtimoiy ehtiyojlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli yordamlarni tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda.
⚖️ 5-toifa — 30 nafar
Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar.
Jumladan, nikohni bekor qilish (ajrim), yarashtiruv, sud, aliment va boshqa huquqiy masalalarda maslahat hamda amaliy yordamga ehtiyojmand xotin-qizlar bilan tegishli ishlar olib borilmoqda.

📌 Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar:

✅ 123 nafar ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlarga yordam ko'rsatildi;
✅ 1 nafar xotin-qizga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
✅ 6 nafar ayolga uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berilgan;
✅ 30 nafar xotin qizlar faoliga tibbiy va psixoligik yordam korsatildi
✅ 30 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

👩‍👩‍👧‍👦 Deputat o‘rganishi yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.